Qoraqalpoqlar
Qoraqalpoq xalqi anʼanaviy ravishda ikki arisga boʻlinadi — Oʻn toʻrt urugʻ va Qoʻngʻirot.
Bu maʼlumot hali tekshirilmagan. Xato topsangiz, bizga xabar bering.
Qoraqalpoqlarning urugʻ tuzilishi koʻp bosqichli. Eng yuqorida ikki aris turadi: Oʻn toʻrt urugʻ va Qoʻngʻirot. Har bir aris urugʻlarga, urugʻlar tiyrelarga, tiyrelar esa kichik tarmoqlarga boʻlinadi.
Ajdodlarni yetti otagacha bilish — qoraqalpoqlarda qadimdan kelayotgan anʼana. Ilgari har bir inson oʻz urugʻini, tiyresini va yetti otasini yod bilgan.
Qoraqalpoq urugʻlari haqida yozilgan eng mashhur asarlardan biri — shoir Berdaqning «Shajara» dostoni.
Bu boʻlim qanday toʻldiriladi
Bu yerdagi maʼlumotlar hali tekshirilmagan. Agar siz oʻz urugʻingiz va tiyrangiz haqida bilsangiz — ayniqsa oqsoqollardan eshitganlaringizni — bizga yuboring. Har bir maʼlumot manbasi bilan birga kiritiladi.
